17:07
Ubaydulla Omon biografiyasi

Bugun sizlar bilan el suygan aktyor serqirra ijodkor Aktyor va rejissyor Ubaydulla Omon haqida gaplashamiz aktyorning hayoti va ijodini sizlarga quyida yoritib boramiz

Aktyor va rejissiyor Ubaydulla Omon 1948 yili 31 oktyabrda Buxoroda tug'ilgan.Aktyorning asli ismi Ubaydulla Boqoyev bo'lib,Ubaydulla Omon esa uning taxallusiga aylanib qolgan.
U oilada olti fazandning biri bo'lgan.

Ubaydulla Omon maktabni bitirgach Buxoro teatrida ishlay boshlagan hamda o'zining ilk rollarini aynan shu teatrda ijro etgan.
1971 yilda u Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohini,1996 yilda esa Moskvadagi kinomotagrafiya bilim yurtini tamomlagan. Bundan tashqari aktyor Leningrad katta drama teatri qoshidagi Georgiy Tovstonogov ijodiy laboratoriyasida ham to'rt yil tahsil olgan.

Ubaydulla Omon dastlab Buxorodagi teatrda keyin esa poytaxdagi "Yosh gvardiya" nomli teatrlarida ishlagan.1972 yilda u Buxorodagi Sadriddin Ayniy nomidagi teatriga qaytib kelgan va o'sha yerda o'z faoliyatini davom ettirgan.O'z ish faoliyati davomida aktyor 50 dan oshiq spektaklda ishtirok etgan hamda rejissyor sifatida o'nlab spektakllarni sahnalashtirgan.

Ubaydulla Omon kinoda ilk marta 1969 yilda suratga olingan "Yoz yomg'iri" nomli filmida ishtirok etgan.
Aktyor shu kungacha "Sarvinoz", "Fotima va Zuhra", "Faryod" va "Telba" kabi 20 dan oshiq turli filmlarda suratga tushgan.
Ushbu aktyor nafaqat o'zbek kinosida balki bir nechta xorijiy filmlarda ham qatnashgan bo'lib, ulardan Rossiyaning "Rodina Jdyot" va "Platina" hamda amerikalik kinoijodkorlarining "Umar Xayyom" nomli filmlarida o'ziga xos obrazlarni yaratgan.
Ubaydulla Omon o'zining ko'p yillik faoliyati orqali "O'zbekiston xalq artisti" unvoni bilan mukofotlangan.

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida:Ubaydulla Omon Matluba ismli ayol bilan oila qurgan.Ular ikki qiz farzandli bo'lishgan.Aktyorning ayoli Matluba opa 2018 yilda olamdan o'tgan.

Hozirgi kunda 70 yoshdan oshgan Ubaydulla Omon o'z faoliyatini Buxoro teatrida aktyor va rejissiyor sifatida davom ettirib kelmoqda.

Категория: Yulduzlar biografiyasi haqida | Просмотров: 911 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar