19:22
Xitoyliklar jangovar uchar likopcha yaratishdi

Xitoylik tinib-tinchimagur konstruktorlar bu mamlakatda xohlagan narsasini yasashi mumkinligini yana bir bor isbotlashdi: mashhur brendga tegishli krossovkadan tortib butun bir uchar likopchagacha. Gʻayrioddiy eksponat yirik “China Helicopter Exposition 2019” aviatsiya koʻrgazmasida namoyish etildi. Bu haqda “Xabar” sayti yozmoqda.

Uchar likopcha shakliga koʻra “diskolet” deb nomlanib, uchuvchi obyektga ega. Jangovar ixtironing fotosuratlari Alert 5 nomli foydalanuvchining tvitteriga joylandi.

“Diskolet” soatiga 650 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Toʻgʻri, buni amalda koʻrsatishmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday shakldagi mashina katta tezlikda uchish u yoqda tursin, havoga koʻtarilishiga ham shubha bilan qarashmoqda.

Ufologlarga mashhur NUJ apparatlarini eslatuvchi uchar apparatni yaratishga turli mamlakatlar, jumladan, Yevropada ham urinib koʻrishgan. Gitlerchilar Germaniyasi ham shunga oʻxshash mashinani yaratmoqchi boʻlgan: faqat ularning “likopchasi” yerdan sal koʻtarilolgan xolos.

Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1525 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar