08:54
YCHL. «Real» Parijda tor-mor etildi, «Atletiko» irodali durangga erishdi

Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari davom ettirildi.
«Real» «PSJ» mehmoni bo‘lib, yirik mag‘lubiyatga uchradi. Qizig‘i, «qaymoqranglilar» darvozasiga klubning sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya 2 ta gol kiritdi.

Madriddagi «Vanda Metropolitano»da kechgan bahsda jangavor durang qayd etildi. «Atletiko» «Yuventus» bilan o‘yinda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, iroda ko‘rsatdi.
Shuningdek, «Bavariya», «Manchester Siti» jamoalari guruh bosqichini g‘alaba bilan boshlashdi.

 


YChL, 1-tur
A guruhi

PSJ – Real 3:0
Gollar:
 Di Mariya (14, 33), Myone (90+1).
PSJ: Navas, Tiago Silva, Bernat, Kimpembe, Markinos (Errera, 70), Di Mariya, Guye, Sarabiya (Diallo, 89), Verratti, Myone, Ikardi (Shupo-Moting, 60).
Real: Kurtua, Varan, Militao, Karvaxal, Mendi, Kroos, Xames (Yovich, 70), Azar (Vaskes, 70), Kazemiro, Beyl (Vinisius, 79), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (32), Vinisius (82), Di Mariya (82), Varan (89), Bernat (90+3).

Bryugge – Galatasaroy 0:0

V guruhi

Bavariya – Srvena Zvezda 3:0
Gollar:
 Koman (34), Levandovski (80), Myuller (90+1).

Olimpiakos – Tottenhem 2:2
Gollar:
 Podense (44), Valbuena (54, penalti) – Keyn (26, penalti), Moura (30).

S guruhi

Shaxtyor – Manchester Siti 0:3
Gollar:
 Mahrez (24), Gyundogan (38), Jezus (76).

Dinamo Zagreb – Atalanta 4:0
Gollar:
 Leovats (10), Orshich (31, 42, 68).

D guruhi

Atletiko – Yuventus 2:2
Gol:
 Savich (70), Errera (90) – Kuadrado (48), Matyuidi (65).
Atletiko – Oblak, Savich, Tripper, Ximenes, Lodi (Vitolo, 76), Saul, Koke, Lemar (Korrea, 60), Tomas (Errera, 76), Felish, Kosta.
Yuventus: Shchensni, de Ligt, Sandro, Danilo, Bonuchchi, Xedira (Bentankur, 69), Matyuidi, Pyanich (Remzi, 87), Kuadrado, Iguain (Dibala, 80), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (15), Kuadrado (71), Kosta (83).

Bayer – Lokomotiv M 1:2
Gollar:
 Xyovedes (25, avtogol) – Krixovyak (16), Barinov (37).

Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 56 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar