18:38
Yuzdagi dog'lardan halos bo'lish uchun Qora sedana

Shirmoy nonlarning yuziga zeb berib turadigan qora sedana, faqat ziravor emas, balki ko`plab dardlardan xalos etadigan dori hamdir. Sedana urug`i ta`mi biroz achchiqroq bo`lsa-da, pishiriqlaru taomlarga o`zgacha lazzat bag`ishlaydi. Uning achchiqligi bejiz emas. Sedana tarkibidagi ba`zi foydali moddalar unga shunday iforu tot bergan.

Qora sedana kosmetologiyada ham keng qo`llaniladigan vosita sanaladi. O`zi qop-qora bo`lsa-da, yuz terisini oqartirish va dog`lardan xalos etishga qodir. Mikroelementlarga boy bo`lgan qora sedana yog`i soch parvarishida ham foyda beradi. Masalan, soch to`kilishi, soch ildizi va tolasining qurib ketishi va jonsizlanishi, qazg`oq paydo bo`lishi, sochlarning erta oqarishi kabi muammolarni uning yordamida hal etish mumkin.

Sochlar mustahkam bo`lsin desangiz....

Qora sedana moyi rang beruvchi modda — melaninni ishlab chiqarishga «usta». Shuning uchun ham u sochning erta oqarishining oldini olishda samarali hisoblanadi. Soch rangini tiklashda quyidagi niqobni sinab ko`ring.

Qora sedana moyiga teng miqdorda moychechak yog`idan aralashtirib, unga ikki tomchi istalgan efir moyi yoki rozmarin moyini qo`shib, soch ildizlariga surting. Yarim soatdan keyin esa niqobni iliq suvda yuvib tashlang.

Sochlaringz sog`lom, mustahkam, qalin bo`lishi hamda jilolanishini istasangiz, quyidagi muolajalarni bajarishingiz mumkin. Unutmang, agar bosh terisi o`ta ta`sirchan bo`lsa, sedana yog`ini boshqa moylar, masalan, zaytun, kakos va chakamug` (repeynik) bilan aralashtiring.

Sedana yog`i soch bo`yash cho`tkasi yordamida soch ildizlariga surtiladi. Taxtali taroq bilan taralib, yog` sochning uchigacha tarqatiladi. So`ng sochlar tepaga eg`ilib, boshga maxsus elim qopcha kiydiriladi. 1 soatdan so`ng sochlar shampun bilan yuvib tashlanadi.

Eslatma: niqobni qo`llashdan avval yog`ni boshning bir qismiga surtib, sinab ko`ring. 1-2 soat o`tgach,nojo`ya ta`siri bo`lmasagina qolgan qismiga surting.

Nimjon va qazg`oqli sochlar uchun sedana yog`ini haftada ikki marotaba qo`llash tavsiya etiladi. Sochning qolgan muammolarida esa yog`li niqobni haftada 1 marotaba bajarish mumkin. Muolajani 1 oy mobaynida qo`llash va 2 oydan so`ng takrorlash tavsiya etiladi.

Nojo`ya ta`siri bor

Qora sedana moyini homiladorlik vaqtida qo`llash tavsiya etilmaydi. Ba`zida qora sedana yog`ining konsentrasiyasi ko`p bo`lsa (ayniqsa, ichiladigan dorilarda), salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Tez-tez shamollayapsizmi?

Sedana immunitetni mustahkamlab, turli xastaliklarning oldini olishga yordam beradi. U qon bosimi, isitmani tushirishi va tabiiy antibiotik xususiyatiga ega. Imunitetni mustahkamlash uchun yanchilgan sedanani asalga aralashtirib, har tong nonushtadan oldin no`xatdek kattalikda istemol qiling. Bu usul, ayniqsa, qish mavsusmida tez-tez shamollash va gripda asqatadi.

Burun bitsa...

Burun bitib, nafas olish qiyinlashganda, qora sedanani zaytun yog`ida qovurib, o`sha yog`dan uch-to`rt tomchi burunga tomizish mumkin. Bu muolajani kuniga 4 mahal qo`llash tavsiya etiladi.

Qon bosimi bezovta qilyaptimi?

Qon bosimini me`yorda saqlash uchun kukun holiga keltirilgan sedana urug`larini 1 stakan qaynagan suvda aralashtiring. Aralashmani ertalab nonushtadan oldin (kuniga bir mahal) iching.

Uyqusizlik qiynayaptimi?

Uyqusizlik bezovta qilsa, 1 stakan iliq sutga 1 choy qoshiqdan asal bilan maydalangan sedana qo`shing. Hosil bo`lgan aralashmani kechki ovqatdan bir oz oldin iching.

 

Qora sedana me`yorini ko`rsatilganidan oshirmasangiz, u sizga zarar etkazmaydi. Aks holda, u ichak va oshqozonga nojo`ya ta`sir qilishi mumkin. Undan qon bosimi past odamlar ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari kerak.

Категория: Go'zal bo'lish sirlari | Просмотров: 1494 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar